TAYINLOV

Joriy yilning 7 sentabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida tashkiliy masalaga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirining o‘rinbosari To‘rayev O‘ktam Ismoilovich, Samarqand viloyati Hokimligi tashkiliy nazorat guruhi rahbari Rahmatullayev Begzod Rahmatullayevich institut rahbariyati va professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdilar.

Jamoaga Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 avgustdagi 550-son qarori (https://t.me/huquqiyaxborot/10322) bilan Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori etib tayinlangan turkiyalik malakali mutaxassis Chidem Djanbay Turkyilmaz xonim tanishtirildi.

Institut rektori jamoa tomonidan iliq kutib olindi, “— Biz jamoa bilan ta’lim sifatini, ilmiy darajalarni oshirishga qaratsak bu bizning birinchi qadamimiz bo‘ladi. Ishonchim komilki hammamiz yurakdan mehnat qilamiz va ushbu jamoadagi har bir professor-o‘qituvchi hamda boshqaruv xodimlari bilan birgalikda uddalaymiz!” – deydi Chidem Djanbay Turkyilmaz

 

  

  

 

Kun tartibiga ko‘ra tanishtiruv marosimidan so‘ng “Yangi asr iste’dodlari — 2021” ko‘rik tanlovi g‘oliblarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

  


SamDAQI Axborot xizmati