TURKIYA OTMLARI BILAN HAMKORLIK

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori Dr. Chidem Janbay Turkyilmaz ayni kunlarda (2021 yilning 25 oktabridan - 2 noyabrigacha) Turkiyaning Istanbul shahridagi bir qator oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarida xizmat safarida.

Dr. Ch.J.Turkyilmaz xizmat safari davomida Yildiz Texnika Universiteti, Istanbul Kultur Universiteti, MEF Universiteti, Mimar Sinan Tasviriy sanʼat Universiteti, Istanbul Gelisim Universiteti, Fotih Sulton Mehmet Universiteti, Bahcesehir Universiteti va Istanbul Esenyurt Universiteti kabi nufuzli oliy oʻquv yurtlarining rahbariyati bilan oʻquv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot sohasida oʻzaro hamkorlik yuzasidan muzokaralar olib bormoqda.

Jumladan, Turkiya oliy taʼlim muassasalari bilan arxitektura, qurilish va iqtisodiyot taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha Qoʻshma taʼlim dasturlarini ochish, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilinmoqda.

#hamkorlik #SamDAQI #Turkiya

 

   


SamDAQI Axborot xizmati