To‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilingan abituriyent va magistrlar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2021 yil 21 yanvar 9-son bayoniga asosan oliy ta’lim muassasalariga 2020/2021 o‘quv yilida bakalavriat va magistraturaga to‘lov-kontrakt va oshirilgan to‘lov-kontrakt talabalari uchun kontrakt miqdorining birinchi yarmini to‘lash muddatini 2021 yilning 1 fevraliga qadar uzaytirishga rozilik berilganligini ma’lum qilamiz.
Ko‘rsatilgan muddatgacha shartnomada ko‘rsatilgan pul-to‘lov shartini bajarmagan abituriyentlar ogohlantirishsiz institut talabalari safiga qabul qilinmaydi.
Institut marketing xizmatlari bo‘limi
SamDAQI Axborot xizmati