“TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonining hududiy bosqichi
#qutlov
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan 2021 yil 21-24 sentabr kunlari Samarqand viloyati OTMlari o‘rtasida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonining hududiy bosqichi hamda mazkur marafon doirasida hududiy innovatsion gʻoyalar koʻrgazmasi oʻtkazildi.
Ushbu koʻrgazmada Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining iqtidorli talabalari ham oʻz innovatsion ishlanma va gʻoyalari bilan faol ishtirok etdilar.
Koʻrgazma yakunida faxrli II orin va 20 million soʻm pul mukofotini sirtqi 202-BIQ talabasi Mardanov Muhammadnazar va III o‘rin va 10 million soʻm pul mukofotini Qurolova Norgul, 402-405-QMBvaKICH guruhi talabalari Qurolov Qobiljon va Mamadiyorov Shohrux yutib olishdi va respublika bosqichiga yoʻllanma qo‘lga kiritdilar.
SamDAQI professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari nomidan chin yurakdan tabriklaymiz! Ularga respublika bosqichida omad va zafarlar tilab qolamiz.
SamDAQI Axborot xizmati