TAYINLOV
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining №1/189 buyrug‘iga asosan 2021 yil 18 avgust kunidan uch oy sinov muddati bilan Buriyev Xakim Toshimovich Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimiga tayinlandi.
SamDAQI v.v.b. rektori Erkin Isakov boshchiligida jamoaga o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Xakim Buriyev institut administratsiyasiga tanishtirildi. Jamoa tomonidan kelgusida institut reytingini yuqori marralarga olib chiqishda omad hamda kuch-quvvat tilandi.