targ‘ibot tadbirlari
#SamDAQI #targibot
2021 yil 14 sentyabr kuni institut kichik faollar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqi mazmun-mohiyatini “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi” fakulteti talaba-yoshlari orasida targʻib qilish boʻyicha targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.
Targʻibot tadbirida Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Ch.Xushmurodova, “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi” fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari B.Saidov, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta oʻqituvchisi A.Ziyatova, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi xodimlari hamda “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi” fakulteti talabalari qatnashdilar.
SamDAQI Axborot xizmati