targ‘ibot tadbirlari
#SamDAQI #targibot
2021 yil 10 sentabr kuni institut kichik faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi mazmun-mohiyatini professor-o‘qituvchilar orasida targ‘ib qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Targ‘ibot tadbirida Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i Ch.Xushmurodova, “Qurilishni boshqarish” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.Eshmurodov, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Ziyatova, institut psixologi S.Otayorov, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi xodimlari hamda barcha fakultet professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
SamDAQI Axborot xizmati