"TARG‘IBOT POYEZDI" SAMARQANDDA
#Saylov_2021
Xabaringiz bor, 24-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan ayni kunlarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Respublika bo‘ylab “Targ‘ibot poyezd”lari tashkil etilgan.
Ushbu jarayonda yoshlarning saylov qonunchiligi haqidagi muhim bilimlarni egallashi, saylovga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar haqidagi tushunchalarning mazmun-mohiyatini tushunishi, talqin qila olishi hamda ulardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi muhim hisoblanadi.
Talaba-yoshlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, siyosiy jarayonlarga faol jalb etish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan “Saylov-2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostidagi “Targ‘ibot poyezdi” SAMARQANDGA yetib keldi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida talabalar ishtirokida seminar va ochiq muloqotlar tashkil qilinib, yoshlarga saylov tizimining bugungi kundagi ahamiyati, saylov yangiliklari, unga kiritilgan oʻzgarishlar, saylov to‘g‘risidagi kodeksning mazmun-mohiyati haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Mazkur tadbir saylov targ'ibotchilari va talabalar o'rtasida savol-javoblar, qizg'in munozarlarga boy o‘tdi. Ayniqsa, bu yil ilk bor saylovda qatnashadigan talaba-yoshlar faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
SamDAQI Axborot xizmati