Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari tashrif buyurdi
2021 yil 16 oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Hotamjon Ketmonov rahbarligidagi ishchi guruhi taʼlim sifatini yaxshilash va taʼlim jarayonlarini raqamlashtirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oʻrganish maqsadida institutimizga tashrif buyurdi. Talaba yoshlarda zamonaviy bilim va koʻnikmalarning shakllantirilishi, oʻquv jarayoni va taʼlim sifatini oshirish boʻyicha bajarilgan ishlar ishchi guruh tomonidan oʻrganildi.
Soʻnggi yillarda institutda talabalar uchun taʼlim sharoitlarini yaxshilash, taʼlim sifatini oshirish hamda respublika OTMlari reytingida SamDAQIning munosib oʻrinni egallashi boʻyicha harakatlari, hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar ijobiy baholandi.
H.Ketmonov institut rektori Chidem Turkyilmaz bilan uchrashuv davomida pedagoglarining malakasini oshirish va bu borada kun tartibida bir qator vazifalar mavjudligi, talabalarning malakali mutaxassis boʻlib shakllanishida ularga bilim berayotgan oʻqituvchilarning salohiyati juda muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.
Bundan tashqari, ishchi guruh rahbari hududda uzluksiz taʼlim tizimi sifat koʻrsatkichlarini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat xalq taʼlimi hamda viloyat professional taʼlim boshqarmalari rahbarlari bilan uchrashdi.
SamDAQI Axborot xizmati