Kollejlarda ta’lim jarayonini takomillashtirish mavzusidagi seminar uchrashuvi
“Kasb-hunar kollejlarida ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish” mavzusidagi seminar uchrashuvi.
2016 yil 7 yanvar kuni Samarqand avtomobil va yo’llari kasb-hunar kollejida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti AL va KHKlari bilan ishlash bo’limi va Samarqand avtomobil va yo’llari kasb-hunar kolleji ma’muriyati bilan hamkorlikda kollej o’qituvchilari uchun “Kasb-hunar kollejlarida ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish” mavzusida seminar uyushtirildi. Bo’lib o’tgan seminarda institutdan quyidagi professor-o’qituvchilari AL va KHKlari bilan ishlash bo’limi boshlig’i Sh.Mamarasulov, “Kasbiy ta’limi” kafedrasi dotsenti A.Rahimov., “Kasbiy ta’limi” kafedrasi katta o’qituvchisi M.Boboqulovalar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Seminar savol-javob va muzokaralarga boy tarzda o’tdi. Seminarga jami 112-nafar o’qituvchilar ishtirok etishdi.