TALABALIKKA BAG‘ISHLOV

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti katta faollar zalida birinchi boshqich talabalarining qasamyodi, “Talabalikka bag‘ishlov” marosimi va badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Marosimni institut rektori Sultan Ilyasovich Axmedov kirish so‘zlari bilan ochib berdi. 53 yillik tarixga ega bo‘lgan institut haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tib, birinchi bosqich talabalariga omad tilagan holda eng yuqori ball bilan o‘qishga qabul qilingan talabalarga institut rektori tomonidan talabalik guvohnomalari topshirildi.

Birinchi bosqich talabalari tantali ravishda qasamyod qabul qildilar.

Tabdirning badiiy qismida institutimizning birinchi tashabbus yo‘nalishlarining faol yoshlari tomonidan milliy kuy-qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi. Yig‘ilganlarga institut  QVZ “Maroqandlik bojalar” jamoasi esa o‘zgacha kayfiyat ulashdilar.