“Talabalar orasida yangi startaplar” uchun ko‘rik tanlovlar o‘tkaziladi

#start_up

2021-yil 28-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi 786-sonli qaroriga muvofiq “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoniga munosib institutdan nomzodlarni tanlab olish maqsadida hamda iqtidorli talabalar va yosh olimlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida “Talabalar orasida yangi StartUplar” uchun ko‘rik tanlovlar o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan fakultetlar yosh olimlari hamda iqtidorli talabalari o‘z biznes loyiha hamda innovatsion g‘oyalari bilan faol ishtirok etishlari so‘raymiz.

Talabalar orasida yangi startaplar uchun tanlovlarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

“Texnostart”;
“Eng yosh olim”;
“Eng yaxshi innovatsion loyiha”;
“Istiqbolli ishlanma”;
“Eng yaxshi ijodiy ishlanma” va boshqalar.

Talabgorlar, loyihaning mohiyatini (biznes-rejasi, video tasvirlari, ishlab chiqilgan dasturning demo versiyasi, loyiha byudjeti, loyihaning hozirgi bosqichining tavsifi, natijasi va h.k.)larni ilova qilishlari mumkin.


Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi
Batafsil ma’lumotlar uchun telefon raqami: +998662371847


SamDAQI Axborot xizmati