OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARI O‘RTASIDA “TAFAKKUR SINOVLARI” O‘YININING SARALASH BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi” rejasiga binoan joriy yilning 26 aprel kuni Samarqand viloyati Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Tafakkur sinovlari” respublika tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy ta’lim muassalaridan Samarqand davlat universitetining “Ulug‘bek vorislari”, Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Adolat”, Samarqand davlat chet tillari institutining “Yuksalish”, “Ipak yo‘li” Turizm xalqaro universitetining “Afrosiyob”, Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Bunyodkor”, Samarqand veterenariya meditsinasi institutining “Mezon” Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining “Dasturchilar” jamoalari ishtirok etdilar.

Jamoalar belgilangan 4 shart bo‘yicha Hakamlar hay’ati tomonidan nizomda belgilangan baholash mezonlari asosida baholanib borildi.Natijalarga ko‘ra Samarqand viloyati Oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida o‘tkazilgan saralash bosqichida:
Samarqand davlat universitetining “Ulug‘bek vorislari” jamoasi 1-o‘rinni;
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Bunyodkor” jamoasi 2-o‘rinni;
Samarqand davlat chet tillar institutining “Yuksalish” jamoasi 3-o‘rinni egalladilar.

Jamoalar tanlov tashkilotchilari tomonidan diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

.