O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov- dono rahbar, oqil siyosati va davlat arbobi

2017 yil  16 mart  kuni  arxitektura  fakultetida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi 2017 yil 25 yanvardagi Qarori hamda 2017 yil 13 fevralda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish chora-tadbirlari rejasi”ga muvofiq institut rektorining 11 mart 120-u-sonli bayrug‘iga asosan “Yurt tinchligi va barqaror taraqqiyotimiz bunyodkori” mavzusida  davra  suhbati  bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatini arxitektura fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor I.Maxmatqulov va “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti  A.Safarovlar  olib  borishdi. Davra suhbatida quyidagilar ta’kidlandi.
Tadbirni arxitektura fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Maxmatqulov ochib, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini bir daqiqa sukut saqlab, yodga olishni taklif qildi. Ishtirokchilar bir daqiqalik sukut bilan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomini yodga oldilar. Ma’ruzachi dastlab mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohatlar va ularning amaliy natijalari haqida to‘xtalib o‘tdi.  Mamlakatimizda sodir bo‘layotgan barcha ezgu amallar, bunyodkorlik ishlari so‘zsiz O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi bilan bog‘liq ekanligi ta’kidlab o‘tildi. Aynan O‘zbekiston xalqining hohish va irodasini ifoda etib, mustaqilligimizning qo‘lga kiritilishi shaxsan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning jur’ati, qat’iyati va ma’naviy jasorati bilan bog‘liqdir.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning dono rahbar, oqil siyosati va davlat arbobi sifatidagi insoniy fazilatlari shunda ko‘rinadiki, O‘zbekistondek ko‘p millatli mamlakatda turli millat va ellatlarning yagona oilasini tashkil qila oldi. “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti  A.Safarov ta’kidlab o‘tdiki, ayni shu ma’noda millatlar va ellatlar o‘rtasidagi ana shu birlik va  totuvlik mamlakatimizdagi tinch-totuv hayotning mustahkam poydevorini tashkil qiladi. Zero, Vatan tinchligi eng buyuk ne’matdir. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov “SHu aziz Vatan barchamizniki”, “O‘zbek xalqiga tinchlik va omonlik kerak” degan ezgu g‘oyalarni ilgari surib, yurtimiz tinchligi va xavfsizligi, hayotimiz osoyishtaligi uchun barchamizni doimo hushyorlikka va ogohlikka da’vat qilganlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish borasida qabul qilingan qarori   butun o‘zbek xalqining shu buyuk insonga hurmat va ehtirom belgisi bo‘ldi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar tomonidan tushgan savollarga dotsent A.Safarov va kafedra a’zolari javob berdilar.
2017 yil  25 mart kuni “Axborot texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Internet tarmog‘ining yoshlar tarbiyasidagi ijobiy va salbiy tomonlari” mavzusida tadbir  o‘tkazildi. Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari va qurilishni boshqarish fakulteti talabalari ishtirok etishdi. Tadbirni kafedra mudiri A.Karimov olib bordi.
Ushbu tadbirning asosiy tavsilotlari qo‘yidagilarni o‘z ichiga oladi:
1.    Butun dunyoda globallashuv jarayoni kechayotgan bir paytda yoshlar tarbiyasining dolzarbligi va ahamiyatligini inobatga olgan holda yoshlarning ma’naviy ongiga salbiy ta’sir etuvchi unsurlarning oldini olish va ularga to‘g‘ri etkazib bera olish;
2.    Internerning ijobiy tomonlarini targ‘ib qila borib, yoshlarda internet  va boshqa axborot resurslaridan foydalanish madaniyatini shakllantirish;
3.    “Yoshlarga oid davlat siyosati” nomli qonunning bajarilishini ta’minlash amalga oshiriladigan va yoshlarning intellektual, ijodiy va boshqa salohiyatini rivojlantirish maqsadida virtual olamning imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanishlarini tashkil etish;
4.    Turli oqimlar va harakatlarning domiga tushib qolmasliklarini ta’minlash.
Xulosa tarzida shuni aytish mumkinki, globallashuv jarayonida ma’naviy tahdidlarni oldini olish bugungi kunda eng muhim vazifalarimizdan biri ekan, uni amalga oshirishda jamiyatimizning  barcha sohalarida fuqarolarimizning, yoshlarimizning ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan hamkorlik asosidagi chora-tadbirlarni kuchaytirish, olimlarimiz tomonidan “ma’naviy taxdid” larni keltirib chiqarishga qaratilgan ilmiy-nazariy va amaliy ishlar ko‘lamini yanada rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
2017  yil 27 mart kuni Payshanba maishiy xizmat kasb-hunar kollejida  yoshlar o‘rtasida “Biz yagona oila farzandlarimiz: dinlararo bag‘rikenglik va totuvlik-jamiyat barqaror rivojining kafolati” mavzularida  yig‘ilish  bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori  O.YU.Rustamov, Tatar-boshqird milliy markazi raisi Subxonqulov Axmedali, Samarqand davlat arxitektura- qurilish instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi  dotsenti Xayitboy Xo‘jamov, Kattaqurg‘on tuman xokimi Voyaga etmaganlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari M.Muzaffarov,  Kattaqurg‘on tuman xokimi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari G.Hakimova va kollej ma’muriyatlari olib borishdi. Yig‘ilishda quyidagilar ta’kidlandi.
Yig‘ilishni kollej direktori O.Jumaev olib borib, quyidagilarni  bayon qildi. Din-qadimda ninsoniyat uchun zarur bo‘lgan ma’naviy qadriyatlarni o‘zida aks ettirib, ezgulik, mehr-oqibat, poklik, halollik, do‘stlik va birodarlik g‘oyalarini amalga oshirishga xizmat qilib keladi. Ko‘pgina milliy qadriyatlarning zavol topmasdan yashab kelayotgani ham dinning ana shu xususiyatlari bilan bog‘liq. Dunyodagi barcha dinlar ezgulik g‘oyalariga asoslanadi. Ular odamlarni to‘g‘rilik, soflik, shafqat va bag‘rikenglikka undaydi, birovga ozor  bermaslikka, yomon ishlardan tiyilishga, nafs ko‘yiga tushib, adashmaslikka chaqiradi. Diniy bag‘rikenglik g‘oyasi barcha dinlarga xos ana shu umumiy tamoyillarni anglagan holda, ular o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishga va shu tariqa  butun insoniyatning orzusi bo‘lgan adolat tantanasiga erishishga da’vat etadi.
Kun tartibidagi  ikkinchi masala yuzasidan so‘z navbati Tatar-boshqaruv milliy markazi raisi Subxonqulov Axmedali o‘z so‘zida quyidagilarni bayon qildi. Aziz o‘quvchilar, dinlararo bag‘rikenglik deb, xilma-xil din va mazhab egalarining bir-birining e’tiqodini o‘zaro hurmat qilib, tushinib, yagona zamin, yagona Vatanda, olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va ham jihat bo‘lib yashashiga aytiladi. Bugungi kunda dinlararo bag‘rikenglikka erishish uchun ular o‘rtasida madaniy muloqot, ezgulik yo‘lidagi hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda. Ayniqsa, keyingi asrdan insoniyat boshiga tushgan xatarlar — yadro urushi xavfi, ekologik halokatlar, terrorchilik va diniy ekstremizm kabi ofat-balolar dinlarni ezgulik, barcha insonlar uchun yagona bo‘lgan sayyoramizni saqlab qolish yo‘lida birlashish va hamkorlik qilishga undamoqda. Barcha dinlarning mohiyatini ezgulik, do‘stlik va birodarlik, mehr-shafqat kabi tushunchalar tashkil qiladi. Aynan  ana shu  tushunchalar  turli  din  vakillari  muloqotga, hamkorlikka da’vat etadigan umumiy zamin bo‘lib xizmat qiladi. Bugungi kunda bashariyat bu haqiqatni tobora chuqurroq anglamoqda. Diniy bag‘rikenglik g‘oyasi muayyan jamiyatda, butun dunyoda turli din va mazhabga e’tiqod qiladigan xalqlar, odamlar o‘rtasida do‘stona aloqalarni o‘rnatish, ularning kuchi va iste’dodini bunyodkorlik ishlariga safarbar etishga xizmat qiladi. Tinchlik va barqarorlikning muhim sharti bo‘lgan bu g‘oya bugungi kunda nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a’zolarining hamkorligini ham nazarda tutadi, hamjihatlikka erishishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.  Jamiyat– bu odamlar birlashuvining barcha  shakllari va ularning o‘zaro aloqalari va o‘zaro ta’sirlalarining barcha usullari majmuidir.
Kun tartibidagi  ikkinchi masala yuzasidan so‘z navbati  Samarqand davlat arxitektura- qurilish instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi  dotsenti Xayitboy Xo‘jamov o‘z so‘zida quyidagilarni bayon qildi. Dinning ikkinchi muhim funksiyasi bu - jipslashtiruvchi (integrativ) funksiyasidir. Dinning integrativ vazifasi jamiyat a’zolarini – ijtimoiy kelib chiqishi, mavqei, millati  xususiyatlaridan qat’i nazar – birlashtiruvchi kuch ekanligida namoyon bo‘ladi. Integrativ yoki funksionalistik yondashuvning asoschilaridan biri E.Dyurkgeymning fikricha, din xuddi elim kabi kishilarni umumma’naviy qadriyatlar, e’tiqod, urf-odat va an’analar asosida birlashtirishga, yaxlit bir majmuaga aylantirishga xizmat qiladi. E. Dyurkgeym, ayniqsa, diniy sig‘inish masalasiga alohida e’tibor beradi. Uningcha, din sig‘inish orqali jamiyatni bir butun qiladi, shaxsni ijtimoiy hayotga tayyorlaydi va itoat etishga undaydi, ijtimoiy yaxlitlikni mustahkamlaydi, an’analarni qo‘llab-quvvatlaydi, kishida qanoat hosil qiladi. Yig‘ilishda 15 nafar kollej  o‘qituvchilari  va 175 nafar  kollej  o‘quvchilari  ishtirok   etishdi.