SamDAQI “Jismoniy madaniyat” kafedrasi tomonidan amalga oshirilgan sport musobaqasi haqida ma’lumot 2017 yil 4 mart kuni institutning sport zalida “Sport - go‘zallik ramzi” shiori ostida institut xotin–qizlari o‘rtasida voleybol hamda sha

Samarqand davlat arxitektura- qurilish instituti “Jismoniy madaniyat” kafedrasi tomonidan amalga oshirilgan sport musobaqasi haqida  ma’lumot
2017 yil  4 mart  kuni  institutning sport zalida   “Sport - go‘zallik  ramzi” shiori  ostida  institut  xotin–qizlari  o‘rtasida voleybol  hamda shaxmat sport turlari bo‘yicha  musobaqa  bo‘lib o‘tdi. Musobaqani  “Jismoniy  madaniyat” kafedrasi katta o‘qituvchisi A.M.Dehqonov va shu kafedra o‘qituvchisi I.F.Narziqulovlar olib  borishdi.
Musobaqada institut  rektorati  hamda 4 ta fakultetdan jami 70 nafar xotin- qizlar va ishchi xodimlar qatnashishdi.
Voleybol sport turi bo‘yicha umumjamoa hisobida  o‘rinlar  quyidagicha  taqsimlandi:
I- o‘rin- institut rektorati
II- o‘rin- arxitektura fakulteti
III- o‘rin- MKQ fakulteti
IV- o‘rin- qurilishni boshqarish fakulteti.
Shaxmat sport turi bo‘yicha umumjamoa hisobida o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
I- o‘rin- arxitektura fakulteti
II- o‘rin- institut rektorati
III- o‘rin- MKQ fakulteti
IV- o‘rin- qurilishni boshqarish fakulteti.