SamDAQIda 8-MART-“XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI” BAYRAMI MUNOSABATI BILAN “AYOL BORKI OLAM MUNAVVAR” MAVZUSIDA O‘TKAZILGAN TADBIR.
8-Mart-“Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan institut rektorining 2017 yil 27 fevraldagi № 99-u-sonli buyrug‘i asosida samarali mehnati uchun 22 nafar xotin-qizlarga “Faxriy yorliq” lar topshirildi va 36 nafar mehnatda o‘rnak ko‘rsatgan xotin-qizlarga “Tashakkurnoma” e’lon qilindi. Institutning barcha xotin-qizlariga bayram munosabati bilan 100 ming so‘m miqdorida moddiy rag‘batlantirildi.
Xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan institutda ko‘p yillar samarali mehnat qilgan, hozirda nafaqa gashtini surayotgan 33 nafar ayol professor-o‘qituvchi va xodimalarga 1056000 so‘mga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
2017 yil 7 mart kuni institut faollar zalida institut ma’muriyati, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, institut kasaba uyushmalari qo‘mitasi, institut xotin-qizlar qo‘mitasi hamda “Kamolot” YOIH boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida 8-Mart–“Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan “Ayol borki olam munavvar” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning badiiy qismida institutning “Ulug‘bek yulduzlari” ansamblining honandalari, raqqosa qizlari hamda “Kamolot” YOIH boshlang‘ich tashkiloti qoshidagi “Quvnoqlar va zukkolar” terma jamoalari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari institut xotin-qizlarining kayfiyatiga bir olam quvonch ulashdi. Tadbir yuqori saviyada va ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.
Tadbir so‘ngida institut xotin-qizlari institut ma’muriyati tomonidan bezatilgan bayram dasturxoniga taklif etildi va institut kasaba uyushmalari qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan “Faxriy yorliq” va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.