O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING SAMARQAND VILOYATI BOJXONA BOSHQARMASI XODIMLARI BILAN O‘TKAZILGAN DAVRA SUHBATI

2017 yil 28 fevral kuni Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari, institut ma’muriyati, ma’nayat va ma’rifat bo‘limi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida institut talabalari bilan O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 14 mayda “Huquqbuzarlik Profilaktikasi to‘g‘risidagi” 371-sonli qonunida belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan “Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan viloyatimiz hududida aniqlangan qonun buzulish holatlari va bojxona organlarining zo‘ravonlik, shavqatsizlikni, diniy mazmundagi va behayolikni targ‘ib qiluvchi materiallarni noqonuniy olib kirishga qarshi kurashishdagi o‘rni va roli” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha  prorektori O.YU.Rustamov kirish so‘zi bilan ochib davlatimiz hududiga noqonuniy kirib kelayotgan materiallarning salbiy oqibatlari to‘g‘risida ma’ruza qilib, talabalarni Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i E.T.Salixov hamda bojxona tekshiruvlari va surishtiruv bo‘limi boshlig‘i L.Ziyodullaev bilan tanishtirdi.
E.T.Salixov talabalarga davlatimiz hududiga kirib kelayotgan  zo‘ravonlik, shavqatsizlikni, diniy mazmundagi va behayolikni targ‘ib qiluvchi materiallarning salbiy oqibatlari to‘g‘risida keng ko‘lamda tushuncha berib bojxona xodimlari tomonidan tayyorlangan video lavha namoyish etildi. Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘laligicha javob olishdi va ochiq muloqot tarzida olib borilgan ushbu uchrashuv nihoyasiga etdi.