Institut talabalar turar joyida “Eng yaxshi ingliz tili bilimdoni” mavzusida o‘tkazilgan tadbir to‘g‘risida ma’lumot

Tadbirda  har  bir fakultetdan talabalar qatnashdi va ular fukultetlar kesimida “Landscape”, “3+1”, “Pilots”, M.V.O.S guruhlariga bo‘lindi.  Tadbir  davomida talablar  turar joyida   talaba-yoshlar orasidan “Eng yaxshi ingliz tili bilimdoni”ni tanlab olindi. Topshiriqlar ingliz tilida 4 bosqichda, ya’ni tinglab tushunish, o‘qib tushunish, yozma va og‘zaki savol-javob tarzida berildi.  Sinovlar davomida talaba-yoshlarning chet tiliga bo‘lgan qiziqishlari juda ham yuqori ekanligi yaqqol ko‘zga tashlandi.       Tadbir bahs – munozaralarga boy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
YAkuniy qismida guruhlarning to‘plagan ballari xisoblab chiqildi va unga ko‘ra 1- o‘ringa MKQ fakultetining “3+1” jamoasi, 2-o‘ringa qurilishni boshqarish fakultetining M.V.O.S jamoasi,  3 -o‘ringa  arxitektura fakultetining  “Landscape” va qurilish fakultetining “Pilots” jamoalari loyiq deb topildi.
Tadbirning asosiy sovrini bo‘lgan “Eng yaxshi ingliz tili bilimdoni” nominatsiyasiga loyiq  deb arxitektura fakultetining  “Landscape” jamoasi tarkibidagi 303 - Dizayn guruhi talabasi Gulyamova Diyora topildi.
Tadbir so‘ngida qatnashchilariga estalik sovg‘alari topshirildi. Tashkilotchilar va qatnashchilar tadbirdan ko‘zlangan maqsadlariga erishdilar.
Tadbirda muxandislik kommunikatsiyalari qurilishi fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini B.Saidov, arxitektura fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Mamatqulov, qurilishni boshqarish fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini K.Islomov va  “CHet tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.