SAMARQANDDA NAVRO‘Z SAYLI
Navro‘z bayrami for-tojik va turkiy xalqlarning qadimiy bayramlaridan biridir. Bu bayram 21 mart kuni nishonlanib, aynan kun va tun teng bo‘lgan paytga mos keladi. Tarixiy manbalarda keltirilishicha Navro‘zning shakllanish davri — eng qadimgi zamonlardan “zardushtiylik”ning paydo bo‘lishigacha davom etgan asrlarni o‘z ichiga olgan ekan. Navro‘z xolis niyatli kishilarning sevimli ayyomi bo‘lib kelgan. O‘sha kunlarda hatto urush-janjallar ham to‘xtalgan, gina-qudratlar kechirib yuborilgan. Shohlar el ichidan eng munosib kishilarni taqdirlashgan, ayrim mahbuslarning gunohidan o‘tishgan. Bahor va yangi ayyom har bir yurakdan, quvonchli damlarda ko‘pchilikning qalbidan muhim joy olgan.Shunday ekan tinch osuda yurtda bayramlar yarashadi. Bugunidan mamnun, ertasidan ko‘ngli to‘q insonlarga xursandchiliklar, shodiyonalar tatiydi. Xalqimizning baxti shundaki, bu yil ham yilboshi bo‘lgan Navro‘zni tinch, xotirjam, yillarda zo‘r hayajon, ezgu-niyatlar bilan kutib oldik. Navro‘z sayillari samarqandliklar qalbini bahor osmoniday beg‘ubor quvonchlarga to‘ldirdi. Viloyatning qishloq va mahallalarida boshlangan bayram Samarqand shahridagi o‘ndan ortiq ma’daniyat va istirohat bog‘lari, hiyobonlarida xalq sayli shaklida davom ettirildi.Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti jamoasi ham saylda faol ishtirok etdi. Institut ma’muriyati, professor-o‘qituvchilari tomonidan dasturxon bezatilib turli tansiq taomlar tayyorlanib, bayram dasturxoniga tortildi. Ayniqsa milliy sport o‘yinlari o‘tkazilishi bayram ko‘rkiga yanada ko‘tarinkilik olib keldi.O‘zaro do‘stlik, hamjihatlik, birodarlik kuy-qo‘shiqlari davralarga zavq shavq bag‘ishladi.