SAMARQAND SHAHRIDA 1 APREL KUNI IX INNOVASION G’OYALAR, TEXNOLOGIYALAR VA LOYIHALAR HUDUDIY YARMARKASI BO’LIB O’TDI

SAMARQAND SHAHRIDA 1 APREL KUNI IX INNOVASION G’OYALAR, TEXNOLOGIYALAR VA LOYIHALAR HUDUDIY YARMARKASI BO’LIB O’TDI

     Prezidentimizning 2008 yil 15 iyuldagi “Innovasion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori ijrosi hamda joriy yilda bo’lib o’tadigan IX innovasion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasiga tayyorgarlik doirasida tashkil etilgan tadbirda professor-o’qituvchilar, yosh olimlar, tadqiqotchi-izlanuvchilar va magistrantlar tomonidan ishlab chiqilgan va tayyorlangan innovasion g’oya, texnologiya va loyihalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar namoyish etildi. 
Olimlarimizning ilmiy izlanishlari natijasida mamlakatimizning issiq iqlim sharoitiga mos har xil qurilish materiallarining namunalari ishlab chiqarildi.
Institutimiz olimlari ilmiy izlanishlar, yangi ixtirolarni amalga tatbiq etish bilan bir qatorda, foydalanilayotgan qurilmalarning samaradorligini o’rganish maqsadida doimiy monitoring olib bormoqda. Bu kelgusi rejalarni amalga oshirishda nimalarga e’tibor qaratishni, jumladan, qanday funksiyali va konstruksiyadagi qurilmalarga ehtiyoj yuqoriligini aniqlashga zamin yaratadi. Bunday zamonaviy texnologiyalar yurtimizda an’anaviy tarzda o’tkazilayotgan Innovasion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida keng namoyish etilib, shartnomalar tuzilib kelinmoqda.
Xulosa qilib aytganda, fan taraqqiyoti jamiyatni barqaror rivojlantirish, mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishning muhim omili bo’lib xizmat qilayotir.   “Eng faol yosh ilmiy tadqiqotchi”, “Eng faol ilmiy tadqiqotchi ayol”, “Eng original loyiha muallifi” singari qator nominasiyalar bo’yicha g’oliblar aniqlanib, diplom, sertifikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Yarmarka doirasida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti “Ilmiy va ilmiy pedagogik tayyorlash bo’limi” boshlig’i  Xushvaqtov Usmon Ashurovich “Eng faol ishtirokchi” Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti assistenti Lazizbek Toshpo’latovich Ibragimov “Eng yahshi foydali model”  nominatsiyalari bo’yicha taqdirlandi. Shuningdek, yarmarkada Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalar uchun  200 mln so’mlik shartnomalar imzolandi.