“Mening qizim talaba” nomli ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv

SamDAQIda  2016 yil  11  aprel  kuni  namunali hulqi,  a’lo o‘qishlari,  jamoat ishlaridagi  faolligi bilan  tengdoshlariga  o‘rnak  bo‘layotgan   talaba-qizlarning  ota-onalari  bilan   “Mening  qizim  talaba”  nomli  ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv  kechasi  bo‘lib  o‘tdi.  Uchrashuvda  talaba-qizlarning  ota-onalariga  institut  ma’muriyatining  tashakkurnomalari  tantanali  ravishda  topshirildi.  O‘z  qizining  yutuqlaridan  mamnunlik  tadbirda  ishtirok  etgan  har bir ota-onaning  qalbida  g‘urur  tuyg‘usini  uyg‘otdi.  SamDAQI  Xotin-qizlar  qo‘mitasi   boshlang‘ich tashkiloti  hamda  “Kamolot”  YOIH  institut  boshlang‘ich  tashkiloti  tomonidan   tashkil etilgan  ushbu  tadbir  talabalarimiz  tomonidan   tayyorlangan  kuy-qo‘shiqlarga  ulanib  ketdi.