IX INNOVASION G’OYALAR, TEXNOLOGIYALAR VA LOYIHALAR HUDUDIY YARMARKASI ТAFSILOTLARI.
IX INNOVASION G’OYALAR, TEXNOLOGIYALAR VA LOYIHALAR HUDUDIY YARMARKASI ТAFSILOTLARI.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti olimlari o’zlari tomonidan yaratligan 10 dan ortiq ilmiy ishlanmalar bilan 26 mart kuni Buxoro shahrida, 29 mart kuni Jizzax shahrida, 31 mart kuni 29 mart kuni Qarshi shahrida bo’lib o’tgan IX innovasion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar hududiy yarmarkasida ishtirok etdi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi, viloyat hokimliklari, viloyat hududiy innovasiya faoliyati va texnologiyalar transferi markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda ilmiy tadqiqot institutlari, tajriba-konstruktorlik hamda oliy ta’lim muassasalarining ikki yuz ellikdan ziyod ishlanmalari, g’oyalari namoyish qilindi.
Yarmarka yakunida yangi texnologiya, loyiha va ishlanmalarni iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo’llash yuzasidan hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Unda ilmiy tadqiqot institutlari, oliy ta’lim dargohlari olimlari, tadqiqotchilar, talabalar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari hamda fermer xo’jaliklari rahbarlari qatnashdi.“Sanoat”, “Axborot texnologiyalari”, “Sog’liqni saqlash va farmasevtika”, “Qishloq xo’jaligi” hamda “Fan va ta’lim” singari yo’nalishlarni qamrab bu yarmarkada ko’plab ilmiy taqdim qilindi.
Ko’rgazmadagi energetika, energiya tejamkor, qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish, axborotlashtirish va axborot texnologiyalari, qishloq xo’jaligi, biotexnologiya, atrof-muhit muhofazasi, sanoat texnologiyalari va nanotexnologiyalar ekspertlar hamda ishlab chiqaruvchilarda katta qiziqish uyg’otdi. Tadbir davomida sanoat korxonalari va tashkilotlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan yangi texnologiya, loyiha va ishlanmalarni xarid qilish, sotish yuzasidan ko’plab shartnomalar imzolandi.
Jumladan, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalar uchun Jizzah sahrida tashkil etilgan yarmarkada 20 mln so’mlik shartnomalar imzolandi. Jizzah shahrida tashkil etilgan yarmarkada Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti assistenti Lazizbek Toshpo’latovich Ibragimov “Eng yahshi innovasion g’oya muallifi” deb e’tirof etildi.