«OTM lari va KHK lari o’rtasida hamkorlik ishlari va ularning amaliy natijalari» mavzusida bo’lib o’tgan uchrashuv
«OTM lari va KHK lari o’rtasida hamkorlik ishlari va ularning amaliy natijalari» mavzusida bo’lib o’tgan uchrashuv
2016 yil 11 aprel kuni institut «Malaka oshirish» fakul’tetida O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi pedagoglari va ishlab chiqarish ta’lim ustalari 2-oqim kunduzgi malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan «OTM lari va KHK lari o’rtasida hamkorlik ishlari va ularning amaliy natijalari» mavzusida institut akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’limi tomonidan uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuvni institut akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bo’yicha prorektor A.N.Gadaev «OTM lari va KHK lari o’rtasida hamkorlik ishlari va ularning amaliy natijalari» mavzusida ma’ruza qildi. Shundan so’ng institut akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’limi boshlig’i SH.M.Mamarasulov so’zga chiqib bo’lim tomonidan kasb-hunar kollejlarida olib borilayotgan ishlar to’g’risida axborot berib va kelgusida institut va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlikda olib boriladigan o’quv, ilmiy-uslubiy ishlar haqida to’xtalib o’tdi.
Uchrashuv so’ngida tinglovchilar tomonidan hamkorlik masalalari bo’yicha savollar berildi. Ushbu berilgan barcha savollarga institut akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bo’yicha prorektor A.N.Gadaev hamda institut akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’limi boshlig’i SH.M.Mamarasulovlar javob berildi.