“Oila – tarbiya o‘chog‘i” mavzusida Prezident I.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asari asosida suhbat o‘tkazildi
“Sog‘lom ona va bola yili” ga bag‘ishlab 2016 yil 7 aprel kuni talabalar turar joyida “Oila – tarbiya o‘chog‘i” mavzusida Prezident I.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asari asosida suhbat o‘tkazildi. Kitobning "Vatanimiz taraqqiyotining mustahkam poydevori" nomli bobida yuksak ma’naviyatni shakllantirishda inson qalbiga yo‘l ochadigan omillar to‘g‘risida fikr yuritiladi. Bunda ta’lim - tarbiya, televidenie va ommaviy axborot vositalari, teatr, kino, adabiyot, musiqa, rassomchilik va xaykaltaroshlik, oila ya’ni insonning qalbi va tafakkuriga bevosita ta’sir o‘tkazadigan sohalardagi faoliyatni zamon talablari asosida rivojlantirishning amaliy masalalariga e’tibor qaratiladi.
Suhbatni “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari uyushtirishdi.