Yoshlarni turli yot g‘oyalardan saqlash uchun 2017 yilning 1 may kuni SamDAQIning katta faollar zalida “Diniy ekstremizm, odam savdosi suitsidga qarshi kurash” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yoshlarni turli yot g‘oyalardan saqlash uchun 2017 yilning 1 may kuni SamDAQIning katta faollar zalida “Diniy ekstremizm, odam savdosi suitsidga qarshi kurash” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Imom Buxoriy xalqaro markaz xodimlaridan O.Yusupov,  O.Muhammadiev,  H. Rasulovlar ishtirok etishdi. Uchrashuvni institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori O.Yu.Rustamov olib bordi.
Tadbirda institut talaba-yoshlari o‘zlarini qiziqtirgan qator savollarga  javob oldilar. Talabalarning atrofda bo‘layotgan voqealarga befarq emasligi uchrashuv jarayonida ma’lum bo‘ldi. Ular chinakam vatanparvar sifatida o‘zlarini ko‘rsatmoqdalar. Uchrashuvda Abul Muin an Nasafiy va uning tarixiy merosi  haqida ham suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Ma’lum bo‘ldiki, bundan 1000 yil oldin ham xaqiqiy islom g‘oyasidan chetga chiqqan aqida ilmida adashganlar bo‘lgan ekan. Ularni to‘g‘ri yo‘lga solishda Abul Muin an Nasafiyning xizmatlari katta bo‘lgan va u kishi Samarqandlik buyuk alloma al Motrudiy hazratlarining ishlarini davom ettirgan ekanlar.
Ajdodlardan qolgan buyuk merosni o‘rganish yoshlar oldidagi ulug‘ vazifa ekanligi uchrashuvda ta’kidlab o‘tildi.