Suv ta’minoti, kanalizasiya va suv resurslarini muhofaza qilish kafedrasi

Kafedra  mudiri: t.f.n., dotsent  Yakubov Qutfidin Aslievich

Telefon: (+99866)237-14-78

Qabul kunlari: Seshanba va Juma kunlari 14-00 dan 16-00 gacha

Elektron  manzili: yakubov_k@mail.ru

 
 
 
 
 

Bugungi  kunda kafedrada 27 nafar professor-o‘qituvchi va 4 nafar yordamchi xodimlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Shu jumladan 7 nafar fan nomzodi, dotsent 9 nafar katta o‘qituvchi, 7 nafar o‘qituvchi va 2 nafar stajyor-o‘qituvchilar tashkil qiladilar. O‘rindoshlik asosida pedagogik faoliyatga jalb etilgan mutaxassislar (ichki o‘rindoshlik bo‘yicha 3 va tashqi 2 kishidan iborat). Professor-o‘qituvchilar tarkibining aksariyat qismi o‘z sohasining etuk mutaxassisi, etarli kasbiy malaka va pedagogik mahoratga ega bo‘lgan ustoz murabbiylardir. Kafedraning ilmiy salohiyati 37% ni tashkil qiladi. 
Kafedra suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasida bakalavr, magistr va doktorantlarni (PhD) tayyorlashga mo‘ljallangan. To‘rt yil mobaynida muvaffaqiyatli ta’lim olgan talabalarga bakalavr akademik darajasi beriladi. Kafedradagi ta’lim yo‘nalishlar mutaxassislik bozorida barcha zamonlarda nufuzli va zarur hisoblangan. CHunki suv, ayniqsa Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun hayotiy muhim va strategik resurs bo‘lib kelgan. Bitiruvchilarni ishga joylashishi hech qachon muammo bo‘lmagan va ularni ta’lim olish davridagi bilimlari keyingi ish faoliyatida keng imkoniyatlar yaratib kelmoqda.
Kafedra jamoasini yuqori malakali o‘qituvchilar tashkil qiladi, shular qatorida fan doktori, fan nomzodlari, dotsentlar, katta o‘qituvchilar va yosh o‘qituvchi-doktorantlardan iborat. Suv ta’minoti, kanalizatsiya va suv resurslarini muhofaza qilish kafedrasi zamonaviy uskunalar bilan jixozlangan laboratoriyalar va maxsus darsxonalar majmuidan iborat bo‘lib, bu erda ta’lim jarayoni bilan birgalikda tabiiy va oqova suvlarni oqizish, tozalash, inshootlarini tadqiq qilish ustida ilmiy ishlar olib borilmoqda.
Kafedra kommunal soha, qurilish, loyihalash va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda faoliyat yuritmoqda hamda bu korxonalarga talabalar ishtirogida ekskursiyalar, konferensiya va seminarlar tashkil qilishga imkon yaratilmoqda.
Saytdagi ma’lumotlar Siz uchun foydali bo‘lishiga umid qilaman va barcha ta’lim oluvchilarga muvaffaqiyatlar tilayman! 
“Suv ta’minoti, kanalizatsiya va suv resurslarini muhofaza qilish” kafedrasi quyidagi bakalavr ta’lim yo‘nalishlariga tayanch hisoblanadi:
•5340400 – Muxandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (Suv ta’minoti va kanalizatsiya) - ta’lim shakli kunduzgi va sirtqi;
•5341200 – Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini loyihalashtirish va ekspluatatsiyasi - ta’lim shakli kunduzgi va sirtqi.
Magistratura mutaxassisliklari:
•5A340401 – Muxandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji
•5A630104 – Oqova suvlarni tozalash va suv resurlarini muhofaza qilish.

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim- doktorantura(PhD):
•05.09.04 – “Suv ta’minoti. Kanalizatsiya. Suv havzalarini muhofazalovchi qurilish tizimlari”;
•01.02.05 - “Suyuqlik va gaz mexanikasi”.
Kafedra professor-o‘kituvchilari tomonidan o‘tilayotgan 40 ta fandan 28 tasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, 12 tasi esa  magistratura mutaxassisligiga mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu fanlar bo‘yicha yangi ta’lim standartlariga mos va vazirlik tomonidan tasdiqlangan namunaviy o‘quv dasturlari asosida ishchi dasturlar, ma’ruza matnlari, uslubiy qo‘rsatmalar ishlab chiqilgan hamda o‘kuv jarayoniga tadbiq etilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan davlat tilida 300 dan ortiq darslik, ma’ruza matnlari, o‘quv ko‘llanmalari va uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlangan. Ayniqsa bosqich va diplom loyihalarini bajarish uchun zaruriy uslubiy qo‘llanmalar bilan to‘liq ta’minlangan. 
Kafedra respublikamizning nufuzli OTMlari, loyihalash, ishlab chiqarish korxonalari bilan  hamkorlikda o‘quv va ilmiy ishlarini olib bormoqda. Jumladan Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Termiz davlat universiteti,  Volgograd davlat arxitektura-qurilish universiteti, Minsr texnika universiteti, Moskva davlat qurilish universiteti,Belostok texnologia universiteti(Polsha Respublikasi) “Suv ta’miniti” MCHJ, “Me’morqurilishloyiha” MCHJ tashkilotlarini ko‘rsatish mumkin. Kafedra bu tashkilotlarning mutaxassislarini ma’ruza qilishga, diplom loyihalariga rahbarlik qilishga, DAK ishiga, doktorantlarga maslahat berishga taklif qilinmoqda.ushbu korxonalarda talabalar malakaviy va ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tib kelmoqdalar.Oqovalarni tozalash inshootlarida kafedraning filiali ochilgan va unda laboratoriya, amaliy darslar, ilmiy ishlar bajarilib kelinmoqda.
Samarkand viloyat “Suv ta’miniti” MCHJ tassarufidagi shahar oqova suvlarini tozalash stansiyasida kafedraning  filiali tashkil kilingan. Bu filialda talabalarga tajriba va amaliy darslar o‘tilib, magistrantlar va doktorantlar uchun o‘z ilmiy ishlarini bajarishlariga sharoit yaratilgan.

Kafedra  tarixi
Kafedra 1976 yili «Santexnika» kafedrasidan ajralib chiqdi va unga «Suv ta’minoti va kanalizatsiya» kafedrasi nomi berilib F.F.Ziyamuxamedova boshchiligida o‘z faoliyatini boshladi. 1976 yildan 1983 yilgacha kafedraga t.f.n.dots. N.J.Jumagulov mudirlik qildi. 1996 yildan boshlab kafedraning nomi «Injenerlik tarmoqlari qurilishi», 2005 yildan esa  «Kimyo va ekologiya asoslari» kafedrasi nomi bilan birlashdi va «Suv ta’minoti, kimyo va suv havzalarini muhofaza qilish» nomi bilan yuritildi.
Bu davrda kafedrada prof. P.I.Smirnov, dots. X.S.Siddiqov, katta o‘qituvchilar A.I.Turaxodjaev, E.S.Orda, I.B.YAkimova, A.V.Mnatsakanyan faoliyat ko‘rsatib keldilar. Kafedraga yosh kadrlardan: S.Saidov, A.Mirzaev, K.Yakubov, T.Nuraliev, B.Xaydarov, SH.Imomnazarov, O.Jumanov, A.Sayfullaev, O.Juraev, A.Isaev, N.N.Xaitova, Z.M.Barakaeva, E.Kurbonov, U.Alladustov, O.Buronov, N.Xalilov, G.S.YUsupova, A.Gadaev, YO.Xolov A.Korjavov, I.Jerebnova S.Ablyaz, A.Abduxamidov va N.Sadullaevlar jalb qilindilar.  
Kafedra mudirligi vazifasini F.F. Ziyamuxamedova (1971 – 1976 y.y.), N.J.Jumagulov (1976 - 1983 y.y), M.R.Raxmonov (1983 - 1988 y.y), K.A.Yakubov (1988 - 1993 y.y), S.S.Saidov (1993 - 1996 y.y), U.A.Soatov (1996 - 2004 y.y), K.A.YAkubov (2004-2010 y.y), A.Sayfullaev (2010-2011 y.y), A.Mirzaev(2011-2012 y.y),O.Jo‘raev (2012-2018 y.y) va 2018 yildan yildan boshlab kafedrani dotsent K.A.YAkubov boshkarmokda.
Kafedraning xayotida 1984 – 1992 yillarda nihoyatda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu davrda K.A.YAkubov, A.B.Mirzaev, O.J. Juraev, S.S.Saidov, A.Sayfullaev, U.Temirov, O.J.Jumanov, N. Xalilov, A.N.Gadaev va O.Buranovlar fan nomzodligi dissertatsiyasini, 1994 yilda esa  U.A.Soatov kafedra tarixida ilk bor fan doktori dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildilar.
 
Ilmiy faoliyat
Kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlar institut Ilmiy kengashi tomonidan quyidagi tasdiqlagan fan va texnologiyalarning ustivor yo‘nalishlar ustida ilmiy ishlarini olib borayapdi: 
•Sanoat korxonalari oqova suvlarini tozalashda zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga tadbiq etish(K.A.YAkubov);
•Suv resurslarini barqaror boshqarish va rivojlantirish dasturi asosida bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlar(A.N.Gadaev);
•Sanoat korxonalari va xalq xo‘jaligida suvdan samarali foydalanish va atrof muhit muhofazasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borish va ekologik normativ loyihalar ishlab chiqish(U.B.Alladustov).
Ilmiy ishlari natijalari 1000 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar shaklida Respublikamiz va chet elning nufuzli ilmiy nashrlarida chop etilgan. SHulardan 16 ta mualliflik guvohnomasi va 4 ta patentni alohida aytib o‘tish lozim. Professor-o‘qituvchilar har yili turli ilmiy anjumanlarda o‘z ma’ruzalari bilan muntazam ishtirok etib kelmokdalar. Kafedraning tashabbusi bilan 1993, 1996, 2004, 2007, 2010 va 2014 yillarda muxandislik kommunikatsiya muammolarining echimlariga bag‘ishlangan xalqaro va respublika ilmiy–amaliy konferensiyalari uyushtirildi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari 2012-2016 yillarda rasmiy qayd etilgan 530666-TEMPUS-I-2012I-LT-TEMPUS-JPCR sonli  Suv resurslarini barqaror boshqarish mavzusiga bag‘ishlangan UZWATER Tempus xalqaro grantida asosiy milliy etakchi OTM sifatida ishtirok etdi. Grantning milliy koordinatori dots.Gadaev A.N. shuningdek ERASMUS 585718-EPP-1-2017-1-HU-EPPKA2-CBHE-JP (2017-3069/001-001) DSiGIS “Doktarantura v oblasti geoinformatsionnыx nauk” mavzusidagi ERASMUS xalqaro grantida kafedra dotsenti A.N.Gadaev qatnashib kelmoqda. American University, Washington DC USA  Fulbright Teaching  Scholar Michal Brody ishtirokida “The Science of Climate Change & Effects in Uzbekistan & the US” (Iqlim o‘zgarishi natijalarini  tadqiqotlari: AQSH va O‘zbekistonga ta’siri” mavzusi doirasida master klasslar tashkil etildi. SHuningdek Ramapo kolledj professori  Michaul Edelstein “Suv resurslari barqaror boshqarish” mavzusida ma’ruza qildi.
Kafedra olimlari tomonidan sanoat korxonalarda  suvdan samarali foydalanish va oqova suvlarni tozalab kayta foydalanishga tayyorlash mavzularida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmokda. Ilmiy tadqiqot izlanishlari natijalari amaliyotga joriy kilinmokda. Oxirgi 3 yil mobaynida  sanoat korxonalari bilan xo‘jalik  shartnomalari  asosida  umumiy  miqdori  200 mln. so‘mdan ortiq  ilmiy  tadqiqot  ishlari  bajarildi. Ilmiy  tadqiqot  ishlarining  asosini  sanoat korxonalarida  suvdan  samarali  foydalanish  va  suv  havzalarini  oqovalardan  muhofaza qilish  tashkil qiladi.
Har yili  kafedrada “Suv ta’minoti va kanalizatsiya”, “Bino va inshootlarning muxandislik jixozlari” fanlari bo‘yicha respublika fan olimpiadalari o‘tkazib kelinmoqda . Olimpiada respublikamizning  sohaga  tegishli  OTM laridan  komandalar  qatnashib  kelmoqda. 
Kafedramiz qoshidagi quyidagi o‘quv va ilmiy laboratoriyalarda talabalar, magistrantlar va doktorantlar o‘z ilmiy ishlarini bajarib kelmoqdalar:
•“Gidravlika” va “Nasoslar” hamda “Binolarning ichki suv ta’minoti va kanalizatsiyasi” o‘quv laboratoriyalari; 
•Zamonaviy asbob va uskunalar bilan jixozlangan “Tabiiy va oqova suvlarni tozalash muammolari” ilmiy laboratoriyasi;
•Suv resurslarini barqaror boshqarish(TEMPUS loyihasi natijalari bo‘yicha) Milliy markaz.
 
Kafedra yutuqlari
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutida 2019 yil 12-15 mart kunlari BMT Taraqqiyot dasturi va Evropa Ittifoqining “O‘zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish” dasturi doirasida oshirilgan “Texnik salohiyatni mustahkamlash” qo‘shma loyihasi hamkorligida OTM talabalari uchun 22-mart Butunjahon suv kuniga bag‘ishlangan “Suv muammosi-jamiyat muammosidir: uning echimi hech kimning nazaridan chetda qolmasligi kerak” shiori ostida oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida o‘tkazilgan tanlovlarda faol ishtirok etganligi uchun bir guruh talabalarimiz sovrinli o‘rinlarni egaladilar. 
Kafedra magistrantlari A.Islomqulova, F.Murtazayev va N.Esanovalar (rahbarlari K.Yakubov va O.Jo‘raev) III-Rossiya «Effektivnыe modeli i texnologii resursosberejeniya, energosberejeniya i prirodopolzovaniya v stroitelstve i JKX»  mavzusidagi (Rossiya, g. Volgograd, 20 maya-10 dekabrya 2018 g.) o‘quv-tadqiqot va ilmiy tadqiqot ishlar tanlovida qatnashib  1-darajali diplomlar bilan taqdirlandi.
Har yili kafedra professor-o‘qituvchilari o‘z shogirdlari bilan birgalikda “Global iqlim o‘zgarishiga moslashish” va “YAngi asr iste’dodlari” kabi Respublika ko‘rik tanlovlarida faol qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar.
Oliy ta’lim muassasalarining eng yaxshi peedagogi “Respublika tanlovi institut bosqichining” “Arxitektura va qurilish”  ta’lim soxasi bo‘yicha “Eng yaxshi pedagog tadqiqotchi” nominatsiyalarida K.A.YAkubov, A.N.Gadaev va F.Axmedova sovrinli o‘rinlarni egaladilar.

Kafedra professor-o’qituvchilari ro’yxati va ularning nashr faolligi
 

F.I.SH.

Lavozimi, ilmiy daraja va ilmiy unvon

2020 yildagi nashr faolligi

Ilmiy maqolalar

Konferentsiyada chiqishlar

Monografiya, darslik va o`quv qo`llanmalar

1

Yakubov Qutfidin Aslievich

kafedra mudiri, texnika fanlari nomzodi

2

8

7

2

Mirzaev Abdialim Boymuradovich

texnika fanlari nomzodi,dotsent

3

8

3

3

Jo`raev Olmos Joniqulovich

texnika fanlari nomzodi,dotsent

3

5

2

4

Saidov Salim Saidovich

texnika fanlari nomzodi,dotsent

-

1

-

5

Gadaev Abror Niyazovich

texnika fanlari nomzodi,prof.

3

7

-

6

Xalilov Nimat Xalilovich

katta o`qituvchi,iqtisod fanlari nomzodi

-

2

2

7

Jumanov Otaboy Jumanovich

katta o`qituvchi, texnika fanlari nomzodi

1

2

1

8

Alladustov Uluғmurod Baxrievich

katta o`qituvchi

1

9

1

9

Boboeva Gulmera Sadikovna

katta o`qituvchi

3

3

1

10

Xushvaktov Bo`ta Orolovich

katta o`qituvchi

3

6

1

11

Rajabov Adxam Hamdamovich

katta o`qituvchi,ichki o`rindosh

-

3

-

12

Nurmatov Panji Abdimurotovich

katta o`qituvchi

6

9

1

13

Eshqobilov SHuxrat Abdug’affarovich

katta o`qituvchi

2

7

2

14

Norqulov Bahodir Musulmonovich

katta o`qituvchi

7

10

-

15

Axmedova Feruza Isanovna

o`qituvchi

2

2

-

16

Qurbonova Umida Utkirovna

o`qituvchi

-

1

-

17

Xolov Farrux Mamalatifovich

o`qituvchi

5

4

-

18

Xaydarov Elmurod Ashirovich

o’qituvchi,ichki o’rindosh

-

1

-

19

Sobirova Dildora Almaxmadovna

o`qituvchi

1

1

-

20

Suyunov Javlon SHiralievich

O’qituvchi,ichki o`rindosh

2

1

-

21

Tadjieva Durdona Obloқulovna

O’qituvchi,ichki o`rindosh

3

7

-

22

Mirzaev Murod Namazovich

o`qituvchi

3

1

-

23

Usanova Sevara Abdivaitovna

stajyor- o’qituvchi

3

3

-

24

Murtazaev Farxod Azgaralievich

stajyor- o’qituvchi

1

3

-

25

Artikboev Xusniddin

stajyor- o’qituvchi,ichki o`rindosh

1

2

-

26

Djamanqulov Shodiyor Qo`chqorovich

Katta o’qituvchi, tashqi o`rindosh

2

-

27

Anorboev Soxib

O`qituvchi, tashqi o`rindosh

3

-