“TALABALAR ORASIDA YANGI “STARTUP”LAR” TANLOVI BO‘LIB O‘TDI

Institutimizda 2019 yil 25-30 aprel kunlari “Talabalar orasida yangi StartUplar” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda iqtidorli talabalar ko‘plab ijodiy ishlar bilan qatnashdilar.Tanovning maqsadi institutda talabalarni ilmiy faoliyatiga  yo‘naltirish va ularda innovatsion fikrlashni, yangi g‘oya va tashabbuslarni shakllantirishdan iborat.

Bo‘lib o‘tgan tanlovning vazifalari quyidagilardan iborat:

- institutning talabalari va xodimlari o‘rtasida tadbirkorlik layoqatini rivojlantirish va tadbirkorlikni rag‘batlantirish;

- eng yaxshi “StartUp”larni aniqlash va ularni rivojlantirish;

- biznes loyihalarning umumiy miqdorini oshirish;

- loyihalarga yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantirish;

- institutda ta’lim oluvchilarning ilmiy-amaliy faoliyati samaradorligini oshirish;

- kelgusida tijoratlashtirish uchun intellektual faoliyat natijalarini yaratish;

- “StartUp”larni yaratish asoslarini shakllantirish uchun yangi texnik masalalarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan tadqiqotlarni rag‘batlantirish;

- innovatsion tadbirkorlikni rivojlanishiga ko‘maklashishdan iboratdir.

Talabalar orasida yangi “StartUp”lar uchun tanlovlarda quyidagi nomlardagi nominasiyalarda bo‘lib o‘tdi:

- “Ijtimoiy ahamiyatli innovatsiyalar”;

- “Texnostart”;

- “Eng yosh olim”;

- “Eng yaxshi innovatsion loyiha”;

- “Istiqbolli ishlanma” va boshqalar.

Institut bo‘yicha aniqlangan tanlov g‘oliblari respublika bosqichi uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga tavsiya etiladi.Talabalar orasida yangi “StartUp”lar uchun tanlovning respublika bosqichi har o‘quv yilining may oyida o‘tkaziladi.Talabalar orasida yangi “StartUp”lar uchun tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari mutaxassisligi bo‘yicha magistraturada o‘qishni davom ettirish uchun tavsiya etiladi.