Sport musobaqalari

2016 yil “Vatan himoyachilari kuni” ga  bag‘ishlangan  SamDAQI ommaviy fakultetlararo sportning engil atletika va tosh ko‘tarish turlaridan o‘tkazilgan sport musobaqalari

2016 yil 14 yanvar - “Vatan himoyachilari kuni”ga  bag‘ishlab 12-13 yanvar kunlari  institut talaba-yoshlar o‘rtasida fakultetlararo sportning engil atletika va tosh ko‘tarish turlaridan musobaqalar o‘tkazildi. Ushbu musobaqalarda arxitektura, qurilishni boshqarish, qurilish, MKK fakultetlaridan elikka yaqin sportchi talaba- yoshlar ishtirok etishdi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra umumjamoa hisobida o‘rinlar quyidagicha aniqlandi.

    1.Engil atletikaning estafetali yugurish bo‘yicha

                  I- o‘rin -qurilish fakulteti

                 II- o‘rin -qurilishni boshqarish fakulteti

                 III-o‘rin -arxitektura fakulteti

                 IV –o‘rin- MKK fakulteti

    2. Tosh ko‘tarish bo‘yicha

                 I- o‘rin -arxitektura fakulteti

                 II- o‘rin-qurilishni boshqarish fakulteti

                 III-o‘rin -qurilish fakulteti

                 IV –o‘rin- MKK fakulteti

Musobaqalar  ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i T.S. Egamov, kasaba uyushmasi raisi A.Oxunjonov va “Talaba” sport uyushmasi va “Jismoniy madaniyat” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan tashkil etildi va o‘tkazildi.
Mazkur tosh kutarish musobaqalarida SH.Xusainov, Q.Eshmurodovlar va engil atletika estafetali yugurish musobaqalarida M.YUsupov, F.Berdiev, B.Nomozovlar  hakamlik qilishdi.
Engil atletikaning estafetali yugurish bo‘yicha musobaqalari jarayonidan

Fotolavxalar