SOHIBQIRON SABOQLARI

2019 yil 6 aprel kuni institut kichik faollar zalida buyuk sohibqiron Amir Temurning 683 yilligi munosabati bilan “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan “Sohibqiron saboqlari” mavzusida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir bellashuv tarzida tashkil etildi. Tadbirda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tasarrufida faoliyat yuritayotgan “Debat”, “Bilim va amal”, “Islom va islomiy qadriyatlar” klublari uch shart bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar.

Bellashuv natijalariga ko‘ra “Debat” klubi 1-o‘rinni, “Bilim va amal” 2-o‘rinni, “Islom va islomiy qadriyatlar” klubi 3-o‘rinni egallashdi. Tadbir so‘ngida faol qatnashgan klub a’zolariga “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan faxriy yorliq va kitoblar sovg‘a qilindi.