“Sof e’tiqod tushunchasi” mavzusida davra suhbati
#uchrashuv
Samarqand viloyati hokimligining 2021 yil 15 sentabrdagi 08-08/1510-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yil 21 sentabr kuni institut kichik faollar zalida “Sof e’tiqod tushunchasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Ch.Xushmurodova, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Samarqand viloyati bosh Imom Xatibi o‘rinbosari Y.Mansurov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimi T.Egamov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari hamda institut talabalari ishtirok etdi.
SamDAQI Axborot xizmati