Siz uchun maxsus!

Siz uchun maxsus!

IT Park turli yoʻnalishlardagi 9 ta soha bo‘yicha tanlovni ishga tushirmoqda. Unda ishtirokchilar iqtisodiyot sohasini raqamlashtirishga koʻmak beruvchi raqamli yechimlarni taqdim etishlari zarur boʻladi.  

✔️ Eng yaxshi loyihalar davlat sektoriga tatbiq qilinadi va moliyaviy yordam oladi.

Loyihalar qabul qilinadigan yo‘nalishlar:
▫️ Qishloq xo‘jaligi;
▫️Bank sohasi:
▫️Qurilish;
▫️Transport;
▫️Sogʻliqni saqlash;
▫️Taʼlim;
▫️Energetika;
▫️Yer resurslari, geodeziya, kartografiya, davlat kadastri;
▫️Geologiya, mineral resurslar.

❔Ishtirokchilardan nima kutamiz?
Raqamli iqtisodiyot sohasini rivojlantirishda yordam beruvchi raqamli yechimlar: ilova, xizmat, qurilma va boshqalar.

✅ 16-dekabrga qadar (shu kuni ham) roʻyxatdan oʻtishga ulgurib qoling!

Tanlov haqida batafsil: https://clck.ru/S8P7w

Ariza topshiring va IT Parkda istiqbolli moliyalashtirishli akseleratsiya dasturidan oʻtish imkoniyatiga ega boʻling.


SamDAQI Axborot xizmati