QURILISHDA NIMALARGA E’TIBOR BERISH KERAK? ROSSIYA FEDERATSIYASINING FAXRIY QURUVCHISI PROFESSOR LAPIDUS AZARIY ABRAMOVICH ISHTIROKIDA SEMINAR-TRENING

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida Rossiya Federatsiyasining Davlat mukofoti Premiyasi laureati, Rossiya Federatsiyasining Faxriy quruvchisi, Moskava davlat qurilish universitetining "Qurilishni texnologik tashkil etish" kafedrasi mudiri, Loyihalash, texnologiya va qurilish ekspertizasi, Ilmiy tadqiqotchilar instituti direktorlar Kengashi raisi, texnika fanlari doktori, professor Lapidus Azariy Abramovich tomonidan institut professor o‘qituvchilari, magistr va bakalavr ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga, institut kichik faollar zalida "Zamonaviy sharoitlarda qurilish sanoati ishtirokchilari" mavzusida ochiq seminar-trening darslari bo‘lib o‘tdi.

— Asosiy muammolardan biri shaharlarning bosh rejalari o‘z vaqtida ishlab chiqilmayotganligi yoki uning tasdiqlanmayotganidir. Sababi aksariyat shaharlarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan ob’yektlarni ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari, bino va inshootlarni qurishdagi mavjud me’yoriy hujjatlar innovatsion loyihalar asosida ishlab chiqilmaganligi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ichki va xorijiy investitsiyalarni qurilish sohasiga jalb qilishni ortga surmoqda, - deydi Rossiyalik mutaxassis.

Bundan tashqari Azariy Abramovich o‘z ma’ruzasida bo‘lajak arxitektor va quruvchilargaqurilishning asosiy maqsad va vazifalari, qurilishda bosqichma-bosqich ish olib borilishi  va bugungi kundahuquqiy me’yoriy hujjatlarga tayanibqurilish standartlariga amal qilgan holda, har bir bosqichda shoshilmasdan aniq rejaga asosan ish olib borish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.Seminar-trening so‘ngida tinglovchilar mutaxassisga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni va ularga yetarlicha javoblarni oldilar.