Sharafli kasb egalari!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 7 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kunini nishonlash to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, avgust oyining ikkinchi yakshanba kuni “O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni” deb e’lon qilindi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan 23.8 mingta pudrat tashkilotlari, 31 ta bosh loyiha instituti va 1000 ga yaqin loyiha tashkilotlari bor. Qurilish sohasida oliy malakali mutaxassis xodimlarni tayyorlab berishda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti professor-o‘qituvchilarining ham munosib hissasi bor. Institut 1966 yildan boshlab faoliyat olib borishi mobaynida respublikamizdagi qurilish tashkilotlariga ming-minglab kadrlarni yetishtirib berdi. Ular tomonidan yurtimizni obodonlashtirish, shahar va qishloqlarimizni zamonaviy qiyofasini tiklash borasida qilinayotgan ishlar har birimizda g‘urur va iftixor hissini uyg‘otadi.
Ana shunday sharafli kasb egalari bo‘lgan professor-o‘qituvchilarimiz va barcha xodimlarimizni yaqinlashib kelayotgan kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etamiz va barchangizga oilaviy baxt tilaymiz.
SamDAQI yoshlar bilan ishlash bo‘limi
va institut matbuot kotibi