SHAHRISABZ SHAHRIDA SAYYOR DARS MASHG‘ULOTLARI O‘TKAZILDI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti “Arxitektura” fakulteti “Arxitektura nazaryasi va tarixi” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan “Ta’mirlash va qayta qurish jarayonlarini texnologik tashkil etish” fanidan amaliy dars mashg‘ulotlarini Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi tarixiy yodgorliklarida joriy yilning 23 oktabr kuni “Arxitektura” fakultetining “Arxitektura nazaryasi va tarixi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari E.Jurayeva va O.Eshmurodov tomonidan sayyor dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Ta’mirlash va qayta qurish jarayonlarini texnologik tashkil etish fanidan 301-Arxitektura yodigorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi ta’lim yo‘nalishi guruhiga Shahrisabz tarixiy yodgorliklari bilan tanishib ta’mir talab me’moriy obidalarni o‘rganib chiqishdi. Jumladan, Oqsaroy tarixiy yodgorligi hamda qal’a devorlarini qisman saqlanib qolgan joylarini ko‘rib o‘rganib chiqishdi.

Mashg‘ulot davomida talabalar tarixiy obidalarimizni yanada yaqindan o‘rganishdi va o‘zlariga tegishli bo‘lgan ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

 

   

   


SamDAQI Axborot xizmati