SAMARQAND SHAHAR HOKIMINING BIRINCHI O‘RINBOSARI YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI

#uchrashuv #yoshlar

 

  

Joriy yilning 11 fevralida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti faollar zalida Samarqand shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Egamov, SamDAQI rektori S.Axmedov va bir qator mutasaddilar institut bitiruvchi yoshlari hamda institut hududiga yaqin bo‘lgan “Mirzo Ulug‘bek”, “Ahmad Yassaviy”, “Madadkor” mahallalarida istiqomad qiluvchi uyushmagan yoshlarning qiziqtirgan masalalari bo‘yicha murojaatlarini tingladilar.

Yoshlarni qiynagan muammolarni bartaraf etish hamda ularning taklif va tashabbuslarini o‘rganib, tegishli tartibda munosabat bildirish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Shu bilan bir qatorda "Samarqand kitob olami" ma’naviy-ma’rifiy majmuasi tomonidan kitoblar yarmarkasi ham tashkil etildi.

 

  


SamDAQI Axborot xizmati