Seminar trening

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida 2017 yilning 26 may kuni o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun kredit mablag‘lari ajratilishini istagan bitiruvchi talabalar bilan Markaziy bankning Samarqand viloyati filiali bosh yurist maslahatchisi B.Eshquvatov hamkorligida seminar trening bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Halq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning 197-bandida belgilangan “Aholi bandligini ta’minlash maqsadida 10 ming nafar ta’lim muassasalari bitiruvchisiga o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun kredit mablag‘lari ajratish” to‘g‘risidagi vazifalar ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida 2017 yilning 26 may kuni o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun kredit mablag‘lari ajratilishini istagan bitiruvchi talabalar bilan Markaziy bankning Samarqand viloyati filiali bosh yurist maslahatchisi B.Eshquvatov hamkorligida seminar trening tashkil etildi. Seminar treningda bitiruvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, biznes rejalar tuzish va tadbirkorlik faoliyatini belgilangan tartibda davlat idoralaridan ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha maslahatlar berildi. Seminar trening natijasida bitiruvchilar o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni oldilar hamda imtiyozli kredit ajratilishi bo‘yicha tushunchaga ega bo‘ldilar.