Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida AQSH mutaxassisi tomonidan dars mashg‘ulotlari o‘tkazilishi tashkil etildi

Joriy o‘quv yilning bahorgi semestri davomida Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Magnet san’at maktabining ixtisoslashgan ta’lim markazi xodimi Sheffield II Gerald Euhon “Fulbrayt” dasturi asosida Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga tashrif buyurdi.Xorijlik mutaxassis tashrifi davomida institut professor-o‘qituvchilari bilan tajriba almashish,

 

ilmiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish kabi maqsadli vazifalar rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunda AQSHlik mutaxassis tomonidan “San’at va ma’daniyat tarixi” fanidan uchinchi bosqich “Dizayn” ta’lim yo‘nalishi talabalariga nazariy hamda amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.