Oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi toʻgʻrisidagi nizomni institut jamoasi oʻrtasida targʻib etish boʻyicha seminar tashkil etildi
2018-yil 4-oktyabr kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutning kichik faollar zalida oʻquv-uslubiy boʻlim tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018 yil 9-avgustdagi 19-2018 sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi toʻgʻrisidagi” nizomini amaliyotga joriy etish boʻyicha seminar tashkil etildi. Unda talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimiga kiritilgan asosiy yangiliklarga eʼtibor qaratilib, talabalar bilimini baholashda shaffoflikni taʼminlashga va taʼlim sifatini oshirishga qaratilganligi takidlandi hamda fakultetlar kesimida seminarlar tashkil etish rejalashtirildi.