Yosh o‘qituvchi ingliz tili fanidan ochiq amaliy mashg‘ulot darsini o‘tib berdi.

2019 yilning 19 mart kuni “ O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi ingliz tili fani o‘qituvchisi M.A. Fozilova tomonidan Qurilish fakultetining  307- Bva IK guruhi talabalari bilan “Internet and Modern Life” mavzusida ochiq amaliy mashg‘ulot darsi  o‘tkazildi. Ochiq amaliy darsda kafedra ingliz tili fani  o‘qituvchilari, xamda  AQSHlik mutaxassis Mr.Jerald qatnashdilar va ular dars haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.

 

Darsda “Baliq skeleti”, “ Ven diagrammasi” kabi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, kompyuter,video proektor va  tarqatma materiallardan  foydalanildi.Talabalar kichik guruhlarga bo‘linib, dars jonli, qiziqarli va samarali o‘tkazildi, savol –javobga boy bo‘ldi.

Talabalardan Temirova Kamila, Stepanova Anastasiya, Eliboev Eldorlar darsga faol qatnashdilar.Ular internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning afzalliklari va kamchiliklarini muhokama qildilar va  o‘z munosabatini bildirdilar.Katta o‘qituvchilar F.S. Mardanova, D.SH.Ibragimova, X.F.Muzropov, A.A. Gaffarov, N.B. Zaynieva ochiq dars haqida o‘z ijobiy fikrlarini bildirdilar.