“Saylov haqida nimalarni bilish kerak”

2021 yil 20 oktabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha Adliya vazirligining “Saylov haqida nimalarni bilish kerak” amaliy qoʻllanmasi mazmun-mohiyatini keng tushuntirish boʻyicha targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Ch.Xushmurodova, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi xodimi T.Egamov, Arxitektura fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari A.Jamolov, institut psixologi S.Otayorov, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi xodimlari, Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Targʻibot tadbirida birinchi marta saylovda ishtirok etadigan talabalarga maʼlumotlar berib oʻtildi.

 

  

  


SamDAQI Axborot xizmati