"Saylov-2021: Kelajaging uchun ovoz ber"
Samarqand viloyati hokimligining tashabbusi bilan joriy yilning 12-15 oktabr kunlari "Saylov-2021: Kelajaging uchun ovoz ber" shiori ostida "Talaba yoshlar va saylov" Forumini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq 13 oktabr kuni "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Samarqand viloyat Kengashi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti bilan hamkorlikda 24 oktabr O‘zbekiston Respublikasi saylovi kuni munosabati bilan talaba yoshlarning saylovga oid bilimlarini oshirishga qaratilgan ochiq muloqoti boʻlib oʻtdi.
Muloqotni Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Xaitov Orif Bolikulovich kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Muloqotda so‘zga chiqqan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Samarqand shahar Kengashi raisi, Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Alibekov Shohrux Jumaniyozovich ham o‘zining Saylov qonunchiligi asoslariga oid, qolaversa, Milliy tiklanish demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod va uning dasturi to‘g‘risidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
SamDAQI Axborot xizmati