SAMDAQINING IKKI NAFAR TALABASI RESPUBLIKA TALABALAR FAN OLIMPIADASINING II BOSQICHIGA YO‘LLANMANI QO‘LGA KIRITDILAR

#olimpiada

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi” fakulteti, “Bino va inshootlar kadastri” kafedrasi tashabbusi bilan “Yer huquqi” fanidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2021 yil 31 martdagi 159 buyrug‘iga muvofiq Respublika talabalar fan olimpiadasining I bosqichi “Online” tartibda o‘tkazildi.

“Yer huquqi” fanidan o‘tkazilgan Respublika talabalar fan olimpiadasining l bosqichida I o‘rin sohibi Yesenov Sherzod (ilmiy rahbar: Lazizbek Ibragimov), II o‘rin sohibi Po‘latov Asliddin (ilmiy rahbar: Umarov Nurali) Respublika talabalar fan olimpiadasining II bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Olimpiadada ishtiroki uchun barcha talabalarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz va Yesenov Sherzod hamda Po‘latov Asliddinga II bosqichda ham muvaffaqqiyat tilagan holda institut, fakultet va kafedra sharafini himoya qilishiga ishonamiz.

   

 

SamDAQI Axborot xizmati