SAMDAQIDA BITIRUVCHILARNI ISHGA QABUL QILISH VA ULAR BILAN MEHNAT SHARTNOMALARI TUZISH BO‘YICHA ISHLAR AMALGA OSHIRILMOQDA

Oliy talim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari hamkorligini yanada jadallashtirish borasida olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar doirasida joriy yilning 28 iyulida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “QMBvaKT” kafedrasi tomonidan “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” talim yoʻnalishining 2020-2021 oʻquv yilida tugatgan talabalarini ishga joylashtirish boʻyicha 2019-yil 20-iyulda SamDAQI va Xitoy davlatining “ANHUI CONCH CEMENT” xalqaro yirik kompaniyasining “QARSHI CONCH CEMENT” korxonasi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan bitiruvchilarni ishga qabul qilish va ular bilan mehnat shartnomalari tuzish boʻyicha institutda tadbir oʻtkazildi.

Ushbu tadbirda Xitoy kompaniyasi tomonidan bosh direktor Zhou Degang, sement ishlab chiqarish buyicha direktor Gao Rujun, Kadrlar bo‘yicha direktor Jiao Xiaofei, kadrlar bo‘yicha menedjer Xue Kang va SamDAQI tomonidan rektori E.X.Isakov, yoshlar bilan ishlash prorektori O.B.Xaitov, moliya va iqtisod ishlari boʻyicha prorektor A.X.Radjabov va marketing boʻlimi boshligʻi M.Sarimsoqov “QMBvaKT” kafedrasi mudiri B.I.Saidmuratov va kafedra professor oʻqituvchilari X.V.Yusupov, Sh.M.Jamolov, A.E.Ochilov, B.F.Mannatovlar ishtirok etdilar.

Bitiruvchilar oʻz bilimlarini namoyish qilib ish beruvchilarni savollariga dadil javob berdilar va aksariyat tanlovda qatnashgan bitiruvchilar bilan mehnat shartnomalari tuzishga erishildi. Tomonlar kelgusida bunday uchrashuvlar foydali ekanligini ta’kidlab, yanada hamkorlik ishlarini rivojlantirishga kelishib oldilar.

  

 

  


SamDAQI Axborot xizmati