SAMDAQI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI HOKIM O‘RINBOSARLARINI MALAKASINI OSHIRISHMOQDA

#malaka_oshirish #SamDAQI

Joriy yilda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Respublikadagi 204 ta shahar va tuman hokimlarining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha hokim o‘rinbosarlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.

Shu munosabat bilan Samarqnd davlat arxitektura-qurilish instituti professor-o‘qituvchilari bilan joriy yilning 27 martida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Davlat xizmatini rivojlantirish ishlari Samarqand filiali rahbari Rustam Qobilov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasi Samarqand hududiy filiali rahbari Dilmurod Nasimov, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori Sulton Axmedov ishtirok etdilar.

O‘quv rejasiga asosan, Samarqand viloyatida 4 kun davomida ya’ni 30-martdan 2-aprelga qadar 16 nafar Samarqand viloyati shahar va tuman hokimlarining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha hokim oʻrinbosarlarini malakasini oshirish bo‘yicha darslar boshlanadi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish ishlari Samarqand filiali rahbari Rustam Qobilov ma’lum qildi.

Uchrashuv davomida o‘quv-rejasiga kiritilgan mavzular professor-o‘qituvchilar bilan muhokama qilindi.

Darslardan ko‘zlangan maqsad soha bo‘yicha mutaxassislarni malakasini oshirish, xorij tajribalarida qo‘llaniladigan qurilish buyumlarini o‘rganish va amaliyotda qo‘llash, qurilish ishlari davomida xodimlarning faoliyati havfsizligini ta’minlash to‘g‘risida nazariy bilimlar berish, qurilish konstruksiyalari nazariyasi va amaliyot tajribalarini o‘rganish ko‘zda tutilgan.

  

  

  


SamDAQI Axborot xizmati