SAMDAQI MAGISTRANTI FOZILOV TEMUR PREZIDENT STIPENDIYASI SOHIBI BO‘LDI

#xushxabar

Institut rektori boshchiligida va institut rahbar xodimlari bilan birgalikda Temur Fozilovni erishgan yutuqlari e’tirof etildi. 

Ushbu munosabat bilan Sulton Axmedov faxr bilan qimmatbaho sovg‘alarni topshirar ekan “—Institut tarixida ilk bor bizning talabamiz Prezident stipendiyasi sohibi bo‘ldi, bundan juda xursandmiz. Buning uchun avvalo sizni tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onangizga, ta’lim tarbiya bergan ustozlaringizga rahmat, ushbu natija bilan institutimiz obro‘sini ko‘klarga ko‘tardingiz, barakalla Temur!” deya minnatdorchilik bildirdi institut rektori.

 

  

Temur Fozilovni butun Samarqand davlat arxitektura-qurilish insituti ma’muriyati va professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Temur Fozilovning erishgan yutuqlari to‘g‘risida batafsil yana axborot beramiz.


SamDAQI Axborot xizmati