SAMDAQI AN’ANAVIY TA’LIM JARAYONIGA QAYTADI
#rasmiy_xabar #tezkor_xabar
Samarqand shahrida koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemiologik vaziyat bir muncha barqarorlashganligini inobatga olib, Samarqand shahar hokimligi huzuridagi epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasining yig‘ilishi qaroriga ko‘ra:
Sanitariya-epidemyaiologik va karantin qoidalari me’yorlariga qat’iy rioya qilgan holda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida ta’lim jarayoni barcha bosqich talabalariga hamda magistrantlarga 2021 yil 26 may kunidan boshlab an’anaviy ta’lim jarayonlari boshlanishini ma’lum qilamiz.
Karantin talablariga rioya qiling, doimo tibbiy niqobdan foydalaning, salomatligingizni asrang!
SamDAQI Axborot xizmati