SamDAQI 2019 yil talabalar Respublika fan olimpiadasi g‘oliblari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 apreldagi 314-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti iqtidorli talabalari Respublika fan olimpiadasida faol ishtirok etib g‘alaba bilan qaytishdi.
Jumladan Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi fakulteti, “Geodeziya, kartografiya va kadastr” ta’lim yo‘nalishi, 4-bosqich talabasi Axmedova Madina G‘ayrat qizi (ilmiy rahbari “Bino va inshootlar kadastri” kafedrasi dotsenti Jo‘raqulov Doniyor) “Davlat kadastr” mutaxassisligi fanidan II o‘rin, Arxitektura fakulteti, “Arxitektura” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Ulug‘bekova Zilola Ulug‘bekovna (ilimiy rahbari “Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasi katta o‘qituvchisi Adjitariova Gulnora)“Arxitektura” mutaxassislik fanidan II o‘rinlarni egallab qaytdilar.