Samarqand shahriga BMTU delegatsiyasi tashrif buyurdi
#xalqaro_hamkorlik #uchrashuv
#BMTU #SamDAQI
Joriy yilning 23 aprel kuni Samarqand shahriga Belorus milliy texnika universiteti rektori Xaritonchik Sergey Vasilyevich boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Mehmonlar institut rahbariyati tomonidan iliq kutib olindi.
Rejaga asosan Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida ikki oliy ta’lim muassasasi vakillari o‘zaro hamkorlikda amalga oshirayotgan “Qo‘shma ta'lim dasturi” doirasida tahsil olayotgan talabalar hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etilishi kutilmoqda.
Bundan tashqari ikki oliy ta’lim muasssasalari vakillari o‘rtasida kelajakdagi istiqbolli rejalar xususida muzokalar olib boriladi.
SamDAQI Axborot xizmati