SAMARQAND RASSOMLARINING IJODIY ASARLARI KOʻRGAZMASI ISH BOSHLADI

#badiiy_ijod

2021 yil 8 may kuni Samarqand viloyat Badiiy ijodkorlar uyushmasi koʻrgazmali zalida 9 may — “Xotira va qadrlash kuni”ga bagʻishlab Samarqand rassomlarining ijodiy asarlari koʻrgazmasi ish boshladi.

Koʻrgazmadan Samarqand davlat arxitektura-qurilish “Tasviriy sanʼat” kafedrasi professor-oʻqituvchilarining ijodiy asarlari ham oʻrin olgan. Koʻrgazma Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi Samarqand viloyati boʻlimi raisi N.J.Kalonovning kirish soʻzi bilan ochildi.

Uchrashuv yakunida aprel oyida Toshkentda oʻtkazilgan “Xalqaro tasviriy va amaliy sanʼat festivali”da muvaffaqiyatli ishtirok etgan “Tasviriy sanʼat” kafedrasi oʻqituvchilari T.Esanov, T.Yorqulov, A.Sultonov va A.Sharipovlar setifikat va diplomlar bilan taqdirlanishdi. Koʻrgazma oʻz faoliyatini davom ettirmoqda. 

Shakarbor O‘RINBOYEV
“Tasviriy sanʼat” kafedrasi mudiri

 

  

 

 


SamDAQI Axborot xizmati