SALOMATLIK MASLAHAT MARKAZI FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qaroriga mufoviq,joriy yilning fevral oyida kapital ta’mirdan chiqgan birinchi sonli talabalar turar-joyi qoshida joylashgan, Salomatlik maslahat markazi qurilibfoydalanishga topshirildi. Markazda oliy toifali shifokor, sog‘likni saqlash a’lochisi Sultanova Nazira Tursunovna va uning jamoasi ko‘p yillardan beri faoliyat yuritib kelmoqda.

— Yangi jihozlarga ega bo‘lgan bino juda qulay, shinam va yorug‘ bo‘lib, ishlash uchun barcha qulayliklar mavjud, har yilgi tibbiy ko‘riklar, sog‘lom va barkamol avlodni shakllantirishda qo‘l kelmoqda,- deydi Nazira Sultanova.

Bu yilgi tibbiy ko‘rik yaqinda 2019 yilning 13 apreldan 22 aprelgacha bo‘lgan vaqt mobaynida o‘tkazilib, unda barcha tor doiradagi mutaxassislar tomonidan institutning birinchi bosqich talabalari tekshiruvdan o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rik davomida kasalligi aniqlangan talabalarga sog‘lomlashtirish ishlari olib borilib, statsionar va ambulator sharoitda davolanadi. Tibbiy ko‘rikda aniqlangan “D2” va “D3” guruhi bor talabalar esa dispanser nazoratiga olinadi.

Bundan tashqari reja asosida har oy institut faollar zalida institut rahbariyati va o‘qituvchilari bilan birgalikda,  talabalarga salomatlik maslahat markazi shifokorlari ishtirokida ma’ruza va davra suhbatlari doimiy ravishda o‘tkazilib turiladi.

Salomatlik markazida fermil yoshidagi qizlar bilan faol ish olib borilib, ularga erta turmushga chiqish, qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikohning oldini olish haqida alohida suhbat va ma’ruzalar tashkil qilinmoqda. Shuningdek barcha o‘g‘il bolalar bilan ham tozalik, alkogolizm, giyohvandlik, narkomaniya, toksikomaniyava boshqa zararli illatlar haqida yetarlicha ma’lumotlar berilib borilmoqda.